Quvasoy shahrida "Dolzarb 90 kun" doirasidagi tadbirlar faol davom etmoqda








#Dolzarb_90_kun Quvasoy shahrida "Dolzarb 90 kun" doirasidagi tadbirlar faol davom etmoqda Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida "Dolzarb 90 kun doirasida yoshlarga qaratilgan bir qator foydali tadbirlar amalga oshirilmoqda . Kunduzgi oromgoh bolajonlar uchun chinakam quvonch va maroqli dam olish maskaniga aylangan. Ular uchun yozgi ta’til kunlari turli sport musobaqalari, intellektual bellashuvlar, ijodiy tanlovlar, kitobxonlik darslari, teatr mashg‘ulotlari va tabiat qo‘ynidagi sayohatlar bilan boyitilgan. Shuningdek, fanlar bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklar ham muntazam faoliyat yuritmoqda. O‘quvchilar o‘zlarining qiziqishlari va iste’dodlariga mos yo‘nalishlarda faol ishtirok etib, yozgi dam olishni nafaqat maroqli, balki mazmunli o‘tkazmoqdalar. Shuningdek, o‘quvchilar informatika xonalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham foydalanishmoqda. Bu tadbirlar negizida, o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi, ijodkorlik va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Toshloqda futbol kechasi: g‘urur va birdamlik ruhida


Ochiq eshiklar, ochiq muloqot: Toshloqda fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashuv

TOSHLOQ TUMANIDA “YOUTH HUB” YOSHLAR MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA
