Ochiq eshiklar, ochiq muloqot: Toshloqda fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashuv



Toshloq tumanida yana bir bor xalq va hokim o‘rtasida jonli muloqot maydoniga aylangan fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev rahbarligida o‘tkazilgan qabulda 47 nafar fuqaro o‘z muammosi, taklifi va orzu-umidlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar orasida uy-joy va yer munosabatlari, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy ko‘mak, sog‘liqni saqlash va infratuzilma muammolari asosiy o‘rinni egalladi. Qabul jarayonida muammolar ortida turgan hayotiy voqeliklar, inson taqdiri va umidlar yuzma-yuz ko‘rinib turdi. E’tiborlisi shundaki, murojaat qilganlarning 23 nafari o‘z muammosiga joyida yechim topdi. Kimgadir ish topildi, kimningdir hujjatlari jadal ko‘rib chiqildi, yana kimdir haqli yordamga ega bo‘ldi. Qolgan masalalar esa muddat va qonuniy jarayon talab etgani bois, tuman rahbariyati tomonidan nazoratga olindi va ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilab berildi. Har bir fuqaro eshitildi, har bir dard tinglandi. Bu faqat qabul emas, balki ishonchni tiklash, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ko‘prikni mustahkamlashning navbatdagi qadami bo‘ldi. Toshloqdagi bunday muloqotlar faqat muammolarni hal etish vositasi emas, balki fuqarolarning ovozini eshitish, ularning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yo‘lidagi amaliy qadamlardir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Toshloqda futbol kechasi: g‘urur va birdamlik ruhida


TOSHLOQ TUMANIDA “YOUTH HUB” YOSHLAR MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA
