Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Toshloq tumaniga amaliy tashrif buyurib, viloyatdagi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilot rahbarlari hamrohligida tumanda olib borilayotgan agrar islohotlar va amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi



Tashrif doirasida viloyat rahbari Zarkent Mahalliy Majmuaviy Ta’minot Punkti hududida joylashgan “Zarkent ziynati” fermer xo‘jaligida bo‘lib, u yerda g‘o‘za parvarishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarni ko‘zdan kechirdi. Fermer xo‘jaligida zamonaviy sug‘orish tizimlari, agrotexnika vositalari va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan innovasion yondashuvlar joriy etilayotgani qayd etildi. Shuningdek, viloyat hokimi tuman hokimi, soha rahbarlari hamda fermer xo‘jaliklari yetakchilari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida joriy mavsumda g‘o‘za parvarishini yuqori agrotexnik talablar asosida tashkil etish, hosildorlikni oshirish, suvdan oqilona foydalanish hamda kasanachilik va agrotexnik xizmatlarni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator dolzarb vazifalar belgilab berildi. Har bir fermer xo‘jaligiga aniq vazifalar yuklatilib, mas’ul shaxslarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, viloyat rahbari g‘alla yetishtirish bo‘yicha mavjud holatni ham o‘rganib chiqdi va g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish, mavsumda hosilni yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash zarurligini ta’kidladi. Viloyat hokimi g‘alla hosilini saqlash va qayta ishlash jarayonlarini samarali tashkil etish, shuningdek, mahalliy imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish muhimligini alohida qayd etdi. Ushbu tashrif qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga yangi sur’at bag‘ishlab, hududdagi fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun muhim yo‘nalishlarda dasturulamal vazifasini o‘tashi kutilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Toshloqda futbol kechasi: g‘urur va birdamlik ruhida


Ochiq eshiklar, ochiq muloqot: Toshloqda fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashuv

TOSHLOQ TUMANIDA “YOUTH HUB” YOSHLAR MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA