TOSHLOQ TUMANIDA “YOUTH HUB” YOSHLAR MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA



Toshloq tumani hokimi Abuduqahhor Djurabayev BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) vakillari bilan uchrashib, “Youth Hub” markazini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvda yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda psixologik maslahat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. Hozirda “Youth Hub” markazi tashkil etiladigan binoda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. UNDP va tuman rahbariyati loyiha bosqichlari va yoshlar uchun yaratiladigan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Markaz Toshloq tumanidagi Yoshlar markazi binosining yer to‘la qismida joylashib, u yerda IT, dizayn, robototexnika va mobil ilovalar bo‘yicha o‘quv kurslari, shuningdek, motivasion treninglar hamda ijtimoiy xizmatlar tashkil etiladi. “Youth Hub” markazi iyun oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu loyiha yoshlarning salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Toshloqda futbol kechasi: g‘urur va birdamlik ruhida


Ochiq eshiklar, ochiq muloqot: Toshloqda fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashuv
