Toshloqda futbol kechasi: g‘urur va birdamlik ruhida



Toshloq tumani aholisi O‘zbekiston – Qatar o‘rtasidagi futbol uchrashuvini katta qiziqish va g‘urur bilan tomosha qildilar. Tumanning turli hududlarida — mahalla markazlari, madaniyat maskanlari va ochiq jamoat joylarida katta ekranlar o‘rnatilib, yurtdoshlarimiz oila a’zolari va qo‘shnilari bilan birgalikda milliy jamoamizning o‘yinini kuzatdilar. Har bir gol, har bir harakat quvonch va faxr tuyg‘usi bilan qarshi olindi. O‘zbekiston terma jamoasining maydondagi ishonchli harakatlari, har bir imkoniyatdan unumli foydalanishi tomoshabinlarga beqiyos zavq ulashdi. 3-0 O‘zbekiston hisobiga. Bu kabi sport tadbirlari Farg‘ona viloyatida xalqimiz birdamligini, Vatanga bo‘lgan sadoqati va sportga bo‘lgan chuqur muhabbatini yana bir bor yaqqol namoyon etdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa o‘z salohiyati, jamoaviy o‘yini va professional mahorat bilan butun mamlakatga g‘urur va faxr ulashishga muvaffaq bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Quvasoy shahrida "Dolzarb 90 kun" doirasidagi tadbirlar faol davom etmoqda

Muborak Qurbon Hayiti munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi