Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami :

50 %

Shrift o'lchami :

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
127
18
Sayt test rejimida ishlamoqda...

47732025-02-20 21:51

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Chu Hongyuni qabul qildi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Chu Hongyuni qabul qildi. Muloqotda Dang‘ara tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi. Loyihaning birinchi bosqichida gazoblok, ikkinchi bosqichida bazalt qurilish mahsulotlari ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Viloyat hokimi yurtimizda, xususan, Farg‘ona viloyatida bu kabi qurilish mahsulotlariga talab katta ekanligini, ularning sifati ham yuqori bo‘lishi zarurligini qayd etdi. Eng muhimi, mazkur loyiha natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi daromadini oshirishga xizmat qilishi kerakligi ta‘kidlandi. Loyiha qo‘llab-quvvatlanishi bildirilib, birinchi bosqich ishlarini boshlashga kelishib olindi. Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosarlari Nuriddin Mamajonov, Hakimjon Dolimov ham ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz